
Mamlakatimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi va tashkilotlar xodimlarini tabiiy ofatlarga, jumladan, zilzilaga tayyorlash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida 2026-yil 20-oktabr kuni Sirdaryo viloyati EMMX xodimlari uchun o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. O‘quv mashg‘uloti Sirdaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Sirdaryo viloyati EMMX xodimlarining favqulodda vaziyatlar, xususan, zilzila sodir bo‘lgandagi harakat ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda kutilmagan vaziyatlarda to‘g‘ri va xotirjam harakat qilishni ta’minlashdan iboratdir.
O‘quv mashg‘uloti davomida quyidagi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
- zilzilaning kelib chiqish sabablari, uning xavflilik darajasi va tabiatiga oid ma’lumotlar berildi;
- yer qimirlashi boshlanishi bilan boshpana topish, xavfsiz joylarga o‘tish va to‘g‘ri harakat qilish qoidalari tushuntirildi;
- binodan xavfsiz chiqish yo‘llari bo‘yicha maxsus sxemalar asosida harakat qilish lozimligi tushuntirildi.
O‘quv mashg‘uloti yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi. Bunday tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi nafaqat Sirdaryo viloyati EMMX jamoasining, balki umumiy aholining favqulodda vaziyatlarga bo‘lgan tayyorgarlik darajasini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Tayyorladi: Sirdaryo viloyati EMMX 2-toifali muhandisi U.M.Soliyev.