"EMMM" DUK yangiliklari

Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlarining kasb bayramiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-son “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonning 8-bandida “Raqamli texnologiyalar vazirligi va keng jamoatchilikning 7-may sanasini O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin” deb belgilab qo‘yilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlarining kasb bayramini nishonlash maqsadida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 2024-yil 4-may kuni Vazirlikning hududiy boshqarmasi boshchiligida sohadagi barcha viloyat tashkilotlarining birdamligi va hamjihatligida uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilib kelgan va soha rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan mehnat faxriylari va xodimlari sharafiga chiroyli dasturxonlar yozilib bayram tadbiri tashkil etildi. Ushbu bayram tadbirida Sirdaryo viloyati EMMXning barcha xodimlari va bugungi kunda nafaqada bo‘lgan mehnat faxriylari: Xojaniyazov Ilhomboy Axmedovich, Ziyatdinov Muhammad-Amin Mirzajonovich, Nishanbayev Ne’matjon Bobojonovich, Xodjayev Berdali Yuldashevich va Tashbayev To‘lgin Ibragimovichlar ham ishtirok etdilar. 

photo2024-05-0709-35-15.jpg

Bayram tadbiri davomida so‘zga chiqqanlar sohaning barcha xodimlari va mehnat faxriylarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ularga uzoq umr, mustahkam sog‘lik va kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tiladilar.