Joriy yilning iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida Sirdaryo viloyatida qo‘mondonlik shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
Ushbu o‘quv mashqlari Sirdaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Unda, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi tarkibiga kiruvchi xizmatlar tomonidan shartli ravishda sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirish, aholini xavfsiz hududga evakuatsiya qilish va birinchi yordam ko‘rsatish kabi amaliy harakatlar bajarildi.
Shuningek, tadbirlar doirasida soha tashkilotlari xodimlarining favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha nazariy bilimlari tekshirildi. Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyati EMMX xodimlari ham ishtirok etishdi.

Tayyorladi: Sirdaryo viloyati EMMX 2-toifali muhandisi U.Soliyev