2024-yil 25-iyul kuni Sirdaryo viloyati EMMX, “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Sirdaryo viloyati hududiy sho‘basi hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hamkorligida Guliston shahrida noqonuniy ravishda foydalanilayotgan REVlarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Guliston shahrida joylashgan umumiy ovqatlanish korxonalarida 22 dona REVdan noqonuniy ravishda foydalanilayotganligi aniqlandi.
Ushbu aniqlangan huquqbuzarlik holatlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari tomonidan noqonuniy ravishda foydalanilayotgan REVlar vaqtinchalik olib qo‘yildi, ularning egalariga nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq choralar ko‘riladi.
Tayyorladi: Sirdaryo viloyati EMMX muhandisi U.M.Soliyev