"EMMM" DUK yangiliklari

Fargʻona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida “Sport -sogʻliq garovi” shiori ostida sport oʻyinlari tashkil etildi

Mamlakatimizda sportga, sog‘lom turmush tarziga katta e’tibor qaratilayotgani barchamizga ma’lum. Mamlakatimizda aholining barcha qatlamini sportga keng jalb etish, sportni yanada jadallashtirish uchun davlat tomonidan keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son qarori ijrosi doirasida mahallalarda mini-futbol sport maydonchalari barpo etilmoqda. Istirohat bog‘larida turli trenajyorlar o‘rnatilmoqda, sport to‘garaklari, fitnes klublari ochilmoqda.

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUK tomonidan Fargʻona viloyati EMMX xodimlarini sport mashg‘ulotlariga jalb etish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, sport anjomlari, jihozlari va sport formalari bilan ta’minlangan, suzish havzasida mashg‘ulotlar uchun chiptalar ham taqdim qilingan. Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan futbol, ​​stol tennisi, shaxmat-shashka turlari bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi.

Ushbu musobaqalar jamoada sog‘lom muhitni ta’minlaydi. Shu bilan birga, har bir inson uchun salomatlik juda muhim va muntazam jismoniy mashqlar salomatlik uchun foydali ekanligi sir emas.

Doimiy sport bilan shugʻullanish uchun Fargʻona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida barcha sharoitlar mavjud. Kun tartibiga kiritilgan vaqtlarda xodimlar ish joyidan uzoqlashmagan holda sport trenajyorlaridan foydalanishlari ham mumkin.

Tayyorladi: Fargʻona viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi D.B.Alimdjanov

Faylni tanlang