"EMMM" DUK yangiliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida sportning shaxmat-shashka turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Inson hayotda sog‘lom umr kechirishi uchun albatta sport va jismoniy tarbiya bilan doimiy shug‘ullanib turishi lozim. Jismoniy harakatlar inson organizmidagi bosh miya faoliyati hamda qon aylanish tizimining ish faoliyatini yaxshilaydi, insonning salomatligini mustahkamlaydi. Shu sababli aholining salomatligini yaxshilash, to‘g‘ri ovqatlanish va badantarbiya bilan doimiy shug‘ullanishga davlatimiz tomonidan ham alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Bayram va dam olish kunlari arafasida insonlarning bo‘sh vaqtini zavqli o‘tkazish maqsadida ommaviy sport tadbirlari tashkillashtirilib ko‘proq insonlarning sport bilan shug‘ullanishiga sharoit yaratilmoqda.

Shu qatorda bizning xizmatimizda ham umumxalq “Navro‘z” bayrami arafasida, hamda, yil boshida tuzilgan “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” bo‘yicha chora-tadbirlari rejasiga muvofiq ishchi xodimlarimiz orasida sportning shashka-shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkillashtirildi. Musobaqada xizmatimiz xodimlari faol ishtirok etishdi. G‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Xodimlarimiz kundalik ish faoliyati davomida ham qisqa tanaffus qilib, 10-15 daqiqalik badantarbiya mashqlari bilan shug‘ullanib kelishadi. Zero, xalqimizning “Sog‘ tanda sog‘lom aql” hikmatli iborasi bejizga aytilmagan.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati 1-darajali radiooperatori Palimbetov A.B.

 

Faylni tanlang