"EMMM" DUK yangiliklari

Sport bilan do‘st bo‘ling - sog‘lom bo‘ling!

Sport chegara va ijtimoiy farqlarni hisobga olmagani uchun, uni rivojlanish va tinchlikni targʻib qilishning samarali vositalaridan deb bilishadi. U turli geografik, madaniy va siyosiy sharoitlarda ijtimoiy integratsiya va iqtisodiy rivojlanishni taʼminlaydi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoni hamda “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning 2022-yil 16-fevraldagi 40-sonli “О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 15-yanvardagi 23-son Qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi buyrug‘iga asosan Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati sport targ‘ibotchisi Murodjon Ahmedov tashabbusi bilan Namangan viloyati EMMXda sportning shaxmat, mini-futbol va stol tennisi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Ishchilarning sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish maqsadida musobaqalarda xizmatimizning barcha ishchilari ishtirok etishdi.

Ushbu sport musobaqalari menga juda manzur keldi. Sababi, yoshlarimiz oʻrtasida ommaviy sport ancha oʻsmoqda. Bugun barcha yumushlardan xoli boʻlib, alohida vaqt ajratib, sogʻlom turmush tarzi uchun qadam tashlamoqdamiz. Bundan tashqari, musobaqalar natijasida ishchilar oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik aloqalariga koʻprik vazifasini oʻtayapti, – deydi musobaqa ishtirokchisi, xizmatimizda uzoq yillar ishlab kelayotgan Sharifjon aka Matisakov.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘oliblarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tayyorladi: Namangan viloyati EMMX radiooperatori M.Ahmedov

Faylni tanlang