Soha yangiliklari

AKT sohasida mutaxasislar tayyorlash tizimini maktabdan boshlab joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Raqamli texnologiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi binosida kelgusida o‘quvchilarni IT va ingliz tiliga maqsadli o‘qitish hamda Xorazm tajribasi sifatida viloyatdagi maktab o‘quvchilarini IT sohasiga o‘qitish, saralash va ularni xalqaro IT-autsorsing bozoriga tayyorlash kabi mavzular muhokamazi yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, IT-Park va uning rezidentlari, Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi va Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda yoshlarning IT sohasiga bo‘lgan intellektual salohiyati maktab davridan rivojlantirish ta’kidlanib, mas’ullar yuqoridagi vazifalarni qamrab olgan qaror loyihasi va kelgusida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” tizimini joylarda to‘g‘ri va samarali yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilishdi.

Bundan tashqari, Raqamli texnologiyalar vazirligining vakillari viloyatdagi tuman va shaharlarga 4-5-avgust kunlari turli xil o‘rganish ishlarini o‘tkazdi va mas’ulga kerakli topshiriqlar berdi. 

Faylni tanlang