"EMMM" DUK yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

2023-yil 13-iyun kuni Surxondaryo viloyati EMMXda korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Surxondaryo viloyati Adliya Boshqarmasi bosh maslahatchisi Ulug‘ov Quvondiq tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda davlatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o‘tildi.

 

Mazkur  davra suhbatida  xodimlarga  korrupsiya  tushunchasi,  korrupsiyaga qarshi  kurashish doirasida davlat siyosatining  asosiy yo‘nalishlari va uning bugungi  kundagi  o‘rni  haqidagi  masalalar yoritib  berildi. 

 

Tadbirda  ta’kidlanganidek, mamlakatimizda  tamagirlik, poraxo‘rlik, xizmat va mansab vakolati doirasidan chetga chiqish kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi hamda korrupsiya  har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy  rivojlanishiga jiddiy putur yеtkazadigan, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradigan, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladigan illat ekanligi aytildi.    

 

Davra suhbati yakunida  xodimlar  korrupsiya mavzusida o‘z savollariga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.                        

 

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati 

 2-toifali tarmoq muhandisi Islamov J.

 

Faylni tanlang