Soha yangiliklari

Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilayotgan Xalqaro informatika olimpiadasiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtadi

Joriy yilning 9–16-avgust kunlari O‘zbekiston tarixda birinchi marta 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2026)ga mezbonlik qiladi.

Shu munosabat bilan 6-avgust kuni soat 11:00 da 38-Xalqaro informatika olimpiadasiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkaziladi.

Matbuot anjumanida Raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov hamda boshqa masʼul rahbarlar ishtirok etib, olimpiadaga tayyorgarlik jarayoni, ishtirokchilar koʻlami va tadbir dasturi yuzasidan maʼlumot berishadi.

Vaqti: 6-avgust, soat 11:00;
Joyi: Milliy matbuot markazi.
Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Alisher Navoiy koʻchasi, 16-uy

Ushbu matbuot anjumaniga barcha OAV vakillarini taklif etamiz.

Faylni tanlang