Soha yangiliklari

“Voice Ai Challenge Uzbekistan” xakatoni o‘tkaziladi

Joriy yilning 24-26-dekabr kunlari “Voice Ai Challenge Uzbekistan” xakatoni boʻlib oʻtadi. Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan IT Park, BMTTDning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Raqamli texnologiyalar va sunʼiy indrokni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti, shuningdek “KASH APP” bilan hamkorlikda. Xakaton ishtirokchilari oʻzbek tilidagi ovozli maʼlumotlar asosida ilova, bot, dastur yoki boshqa istalgan raqamli mahsulotni yaratishlari kerak. Xakaton ishtirokchilari o‘z loyihasini amalga oshirish va minimal hayotiy mahsulotni (MVP) ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, xakaton doirasida ishtirokchilarga axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar ko‘mak beradi. Xakaton yakunida ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan noutbuklar, planshetlar va smartfonlar koʻrinishidagi qimmatbaho sovgʻalarga ega boʻladilar. Arizalarni topshirishning oxirgi muddati: 2021-yil 21-dekabr. Xakatonda ishtirok etish maqsadida roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://clck.ru/Yv3xR
Faylni tanlang