Soha yangiliklari

Online Digital Camp – “Raqamli avlod onlayn oromgohi – 2021” loyihasi o'tkaziladi

Mazkur yirik tadbirning asosiy maqsadi butun O‘zbekiston yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalar haqida bilimlarini oshirish va zarur ko‘nikmalariga o‘rgatish hamda AKT sohasidagi jarayonlariga keng jalb qilishdan iboratdir.

Loyiha joriy yilning 24-28-avgust kunlari  onlayn tarzda bo'lib o'tadi. Ushbu tadbir davomida yoshlarga quyidagi zamonaviy IT yo‘nalishlari ya’ni veb-dasturlash va mobil dasturlash, desktop dasturlash, raqamli media va marketing, dizayn, robototexnika  bo'yicha darslar o'tiladi.

Bundan tashqari oromgoh davomida YouTube (http://youtube.com/digitalgenerationuzbekistan) kanalimizda AKT sohasidagi maxsus taklif qilingan ekspertlar bilan jonli efirlar bo'lib o'tadi.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang