Soha yangiliklari

Yevropa Taraqqiyot va Tiklanish Banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 11-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Yevropa Taraqqiyot va Tiklanish Banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Yevropa Taraqqiyot va Tiklanish Banki bilan hamkorlikda bir qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Uchrashuv chog‘ida joriy va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi. Muhim va ustuvor yo‘nalishlardan biri - xorijiy kompaniyalar ishtirokida BPO xizmatlarini rivojlantirish va shu tariqa IT mahsulot va xizmatlar eksportini oshirish, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb qilish hamda yuqori maoshli ish bilan ta'minlashdan iborat. Shuningdek, raqamli iqtisodiyot doirasida hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish, O‘zbekistonda keng polosali aloqani kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Tomonlar keng va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etib, ularni yanada rivojlantirish uchun sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Faylni tanlang