Soha yangiliklari

“Huawei” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida "Huawei" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov ishtirok etdi.

Uchrashuvda taʼkidlanganidek, Хitoyning yirik IT kompaniyasi uchun Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng muhim hamkor davlatdir.

Uchrashuv doirasida tomonlar "Huawei" kompaniyasi ishtirokida AKT sohasidagi istiqbolli loyihalar, shu jumladan Oʻzbekiston telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan loyihalarni muhokama qildi.

 

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang