Soha yangiliklari

“Dentons” yuridik firmasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 10-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati va “Dentons” yuridik firmasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos va AKT vazirining o‘rinbosari J.Egamberdiyev ishtirok etdi. Uchrashuvda AKT sohasiga investitsiyalarni jalb qilish, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturi doirasidagi ustuvor loyihalarni moliyalashtirish kabi dolzarb va muhim yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar keng va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etib, ularni yanada rivojlantirish uchun sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Malumot uchun: “Dentons” - dunyodagi eng yirik xalqaro yuridik firmalaridan biri. Firmaning Olmaota, Ostona, Boku, Kiyev, Moskva, Sankt-Peterburg va Toshkentda vakolatxonalari mavjud. “Dentons” xalqaro va milliy korporatsiyalar, banklar hamda boshqa moliya institutlari, xususiy kapital fondlar, startaplar, davlat korxonalari, jismoniy shaxslar va notijorat tashkilotlarga xizmatlarning to‘liq spektrini taqdim etadi. Kompaniyaning xodimlari 14 mingga yetadi.
Faylni tanlang