Soha yangiliklari

Hindistonning “Integral” universiteti rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Hindistonning “Integral” universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ta’kidlash kerakki, hozirgi kunda ko‘plab xorijiy oliy ta’lim muassasalari O‘zbekistonga katta qiziqish bildirib, yurtimizda o‘z filiallarini ochish istagini bildirmoqda. Ular qatorida Hindistonda yuqori nufuzga ega “Integral” universitetini ham aytish mumkun. Samarali hamkorlikni o‘rnatishga kelgan “Integral” universitetining vakillari ham viloyat hududlarida o‘z filiallarini ochish istagini bildirib, taqdimot o‘tkazdi. Bundan tashqari, uchrashuvda mehmonlar IT-mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari bilan ham tanishtirildi. Shu bilan birga, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirishga oid Hindiston tomonni qiziqtirgan masalalar yuzasidan ma’lumotlar ham berildi.
Faylni tanlang