Soha yangiliklari

“Tumaris.Expo” yirik xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tdi

Astrum IT-akademiyasida texnologik tadbirkorlik sohasidagi ayollarga bag‘ishlangan “Tumaris.Expo” yirik xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ayollar startap loyihalari ko‘rgazmasi tashkil etilib, spikerlarning dolzarb mavzular boʻyicha chiqishlar bo'lib o'tdi. Shuningdek tadbir so'nggida Startap-battle va sovrinli tanlovlar o'tkazildi.   “Tumaris.Expo” yirik xalqaro tadbirida Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova, "Veon Group" kompaniyasi Raqamli mahsulotlar direktori Jorj Held, "Plug and Play Uzbekistan" kompaniyasi hamkor menejeri Ra'no Sidiqova, "Wonder Women" hamjamiyatining asoschisi Rada Islamova va bir qancha kompaniyalar, startapchilar ishtirok etdi.
Faylni tanlang