Soha yangiliklari

“Time management — natija va samaradorlik kafolati” maxsus o‘quv kursi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbarlari va xodimlari uchun “Time management – natija va samaradorlik kafolati” maxsus o‘quv kursi o‘tkazildi. Unda vazirlikning rahbar va xodimlari ishtirok etdi. Ushbu “Time management – vaqtni boshqarish” kurslari tinglovchilarga vaqt resurslardan samarali foydalanish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va tezkor rejalashtirish, shuningdek, har bir xodimning samaradorligini oshirish imkonini beradi. Maxsus o‘quv kursi davomida muvaffaqiyatli ishtirok etgan rahbar-xodimlar vazirlikning maxsus sertifikatlari bilan taqdirlandi.
Faylni tanlang