Soha yangiliklari

AKT rivojlanish holati, istiqbollari va muammolar matbuot anjumanida muhokama qilindi

17 may – "Jahon telekommunikatsiya va axborotlashgan jamiyat kuni" munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xalqaro press klub bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalari uchun AKT rivojlanish holati, istiqbollari va muammolarga bag‘ishlangan matbuot anjumanini tashkil etdi.

Tadbirda sohaning rivojlanish holati va qisqa davr ichidagi rejalarga bag‘ishlab taqdimot qilindi. Matbuot anjumanida sohadagi natijalar qatorida muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Matbuot tadbirida vazirlik hamda sohaning yetakchi muassasalari rahbarlari ishtirok etib, ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javob berdilar.
Shuningdek, mobil aloqa operatorlari rahbarlari qatnashib, OAV vakillari tomonidan ko‘tarib chiqilgan qator masalalarga oydinlik kiritdilar.

Shuningdek, “O‘zbektelekom” AK Milliy aloqa operatori faoliyati, rejalariga bag‘ishlangan savollarga batafsil javob berildi.
Eslatib o‘tamiz, matbuot anjumani “O‘zbekiston” Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan jonli ravishda efirga uzatildi.
 
Matbuot anjumani taqdimotini yuklab olish.
Muallif: Axborot xizmati
Faylni tanlang