"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUK va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasidagi hamkorlik

So‘nggi yillarda ta’lim sohasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash jadal rivojlanib borayotgan axborot asrida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham, davlatimiz rahbari tomonidan 2023-yil “Inson qadri va sifatli ta’lim yili” deb nomlanishi bejizga emas.


 

Shu nuqtai nazardan, “EMMM” DUKga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda uning filiallari talabalarini jalb etish va biriktirish loyihasini amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilab olingan. Ushbu hamkorlikning asosiy maqsadi ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini samarali ta’minlash va korxonamiz uchun malakali kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.


 

Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib, suhbat asosida TATU Qarshi filialidan bir nechta iqtidorli talabalar saralab olindi va ular uchun o‘quv rejasi ishlab chiqildi. Mazkur rejaga asosan talabalar bilan haftada 2 marotaba o‘quv mashg‘ulotlari olib borish belgilangan. Talabalarga o‘quv mashg‘ulotlari korxonamizning asosiy faoliyat va vazifalarini inobatga olgan holda tashkil etilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, amalga oshirilayotgan bu kabi hamkorliklar kelajakda sohamiz uchun malakali kadrlarni tayyorlashga ulkan hissa qo‘shadi.


 

Tayyorladi: Qashqadaryo viloyati EMMX tarmoq muhandisi A.A.Qudratov

Faylni tanlang