Soha yangiliklari

Sharqiy-Qozog‘iston Davlat texnika universiteti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi

29-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida D.Serikbaev nomidagi Sharqiy-Qozog‘iston davlat texnika universiteti rektori J.Shaymardanov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Memorandumga asosan universitetlar o‘rtasida ta’lim va ilmiy faoliyatni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Uchrashuv doirasida Sharqiy-Qozog‘iston davlat texnika universiteti rektori J.Shaymardanov boshchiligidagi delegatsiya universitet ta’lim tizimi hamda mavjud laboratoriyalar bilan tanishtirildi.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang