Soha yangiliklari

“Oʻzbektelekom” AK xodimi “Eng yaxshi yosh ixtirochi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi

“Toshkent yoshlar forumi – 2021” doirasida “Yilning eng yaxshi yosh ixtirochisi” nominatsiyasi bo‘yicha “Oʻzbektelekom” AKning “Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi” filiali innovatsiya va AKTni joriy etish xizmati yetakchi muhandisi Abbos Nasimov gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. U hokimlik xodimlarining ish jarayonini avtomatlashtirish imkonini beruvchi “Smart hokimiyat” innovatsion loyihasini taqdim etgandi. Nasimov 2021-yilda Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlaganidan soʻng kompaniyaga ishga joylashgan. Yosh xodimning ishga ijodiy va masʼuliyat bilan yondashishi, oʻzini ijobiy tomondan koʻrsatishi uning kelajakda bunday nufuzli tadbirda gʻolib boʻlishiga zamin yaratdi.
Faylni tanlang