"EMMM" DUK yangiliklari

Xorazm viloyati EMMX xodimlari tomonidan viloyatdagi tarixiy obidalar hududlarining mobil aloqa qamrovini o‘rganish bo‘yicha radiomonitoring ishlari olib borildi

Bugungi kunda sayyohlik dunyo iqtisodiyotida yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Ko‘plab mamlakatlar ayni shu soha orqali aholisining farovonligini ta’minlanmoqda. Mamlakatizda ham turizm sohasiga alohida e’tibor qaratilib soha bilan bog‘liq rasmiyatchiliklar, sayyohlarga xizmat ko‘rsatishdagi kamchiliklar bartaraf etilmoqda, bu esa o‘z navbatida mobil aloqa xizmatlari sifati jadal suratlar bilan o‘sishiga olib kelmoqda.

Xorazm viloyati ham o‘z tarixiy maskanlari, qadimiy obidalari bilan sayyohlarni jalb etayotgan bir davrda aloqa sohasida ham ko‘zga ko‘rinarli tendensiyalarda ishlar olib borilmoqda. Ayni shu jihatdan qaraganda viloyatdagi imkoniyatlar hech qaysi jabhada hech kimdan kam emas.

Joriy yilning noyabr oyi holatiga ko‘ra, viloyatimizda jami 620 ta aholi punktlari mavjud bo‘lsa, ularning barchasi mobil aloqa qamrovi bilan ta’minlangan. Hisoblangan ma’lumotlarga asosan, 98,7 foiz aholi UMTS (3 G) standartidagi va 82,7 foizi LTE (4 G) standartidagi mobil internet qamrovi bilan ta’minlangan.

 

Xususan, 2021-yilning dekabr oyi ish rejasiga asosan, Xorazm viloyati EMMX xodimlari tomonidan viloyatdagi tarixiy obidalar hududlarining mobil aloqa qamrovi darajalarini o‘rganish bo‘yicha radiomonitoring ishlari olib borildi.

 

O‘rganish davomida Urganch shahrida joylashgan “Al-Xorazmiy” va “Al-Beruniy” tarixiy yodgorlik majmualari, Urganch tumanidagi Turkmanlar mahallasidagi “O‘zbek-Turkman do‘stlik uyi” hamda “Ulli hovli” muzey majmualari hududida o‘lchov ishlari olib borildi.

O‘lchov ishlari natijalari o‘rganilgan tarixiy maskanlar hududidagi mobil aloqa qamrovi qoniqarli darajada ekanligini ko‘rsatdi.

Muhandis: M.X.Sayidova

Faylni tanlang