"EMMM" DUK yangiliklari

Xorazm viloyati EMMX xodimlari tomonidan noqonuniy foydalanilayotgan REVlarni aniqlash bo‘yicha tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 801-sonli qarori ijrosini taʼminlash borasida, Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Xorazm viloyati hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki oʼrnatish, qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2022-yil mobaynida hamkorlikda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasiga asosan, 2022-yil 6-iyul kuni Xorazm viloyati Hazorasp tumani Markaziy buyum bozorida Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Qo‘shma reyd davomida 2 dona noqonuniy foydalanishda bo‘lgan Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan “BAOFENG” rusumli radiostantsiya aniqlandi va REV egasiga ushbu radiostantsiyalarni ishlatmaslik haqida ogohlantirish xati berildi va radiostantsiya ish faoliyati to‘xtatildi.

Shuningdek “LBE-M5-23” rusumli foydalanishda bo‘lgan REV aniqlanib, undan foydalanish uchun ruxsatnoma olish tartibi tushuntirilib, ogohlantirish xati REV egasiga taqdim qilindi va vaqtinchalik REV ish faoliyati to‘xtatildi.

Hazorasp Markaziy buyum bozori hududida joylashgan Militsiya tayanch punkti xodimlari bilan REV va YuChQlardan foydanish tartibi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Xorazm viloyati EMMX 2-toifali muhandisi A.J.Palyozov

 

Faylni tanlang