"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUK xodimlari bolajonlarga quvonch ulashdi

Dunyoda quvonchu-shodliklar bisyor. Ammo bolajonlarning sho‘x-shodon kulgulari, xursandchiliklarini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Bolalar o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadilar. Ko‘zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg‘och misoli.

Avval ma’lum qilganimizdek, “EMMM” DUKda xayriya kitob yarmarkasi tashkil etilgan edi. 2022-yil 14-yanvar kuni xayriya aksiyasi doirasida korxonamiz xodimlarining tashabbusi bilan jamg‘arilgan sovg‘alar kasalxonada davolanayotgan bolajonlarga xursandchilik ulashish maqsadida yetkazildi. Ushbu tadbirda bolajonlarning sevimli multfilm qahramonlari ishtirok etgani esa barchaning yuzlariga tabassum ulashdi.

 


 


 


 

Fursatdan foydalanib, xayriya aksiyasida ishtirok etgan barcha “EMMM” DUK xodimlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

 

EMMM” DUKning “Ma’naviyat va ma’rifat”

ishlari bo‘yicha mas’ul xodimi D.A.To‘ychieva

Yetakchi iqtisodchi M.I.Abidkhodjaeva

Faylni tanlang