"EMMM" DUK yangiliklari

Xorazm viloyati EMMX xodimlari Samarqand shahriga sayohat qilishdi

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUK kasaba uyushmasi tomonidan ichki turizmni rivojlantirish hamda xodimlarni turistik sayohatlarga jalb qilish maqsadida, Xorazm viloyati EMMX xodimlari “Yer yuzining sayqali”, “Sharqning bebaho durdonasi”-Samarqand shahriga bir kunlik sayohatni amalga oshirdilar.

YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga “Samarqand - madaniyatlar chorrahasi” nomi bilan kiritilgani bejiz emas. Bu shahar chindan o‘zining ohangrabosi bilan yosh-u qarini birdek hayratlantiradi. Shaharni ziyorat qila turib, bu yerda joylashgan tarixiy obidalarning sonidan lol qolish aniq.

EMMX xodimlari dastavval O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilishdan boshladilar.So‘ngra eng mashhur diqqatga sazovor joylardan bo‘lmish: Registon maydoni, Shohi Zinda memorial ansambili, Sherdor madrasasi, Ulug‘bek rasadxonasi, Bibixonim masjidi kabi tarixiy manzillarda bo‘lishdi.


 

Shuningdek, zamonaviy tarzda qad ko‘targan “Samarkand city”ni aylanishdi. Bir kunlik sayohat bo‘lsa-da, Xorazm viloyati EMMX xodimlari esda qolarli taassurotlar bilan qaytishdi.

 

Xorazm viloyati EMMX muhandisi M.Sayidova

Faylni tanlang