"EMMM" DUK yangiliklari

Xorazm viloyati EMMX xodimlari tomonidan qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazildi

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (IIB YHXB) va Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati bilan o‘zaro tuzilgan ish rejasiga asosan 2022-yil 28-sentabr kuni “Toshsaqa” blok postida qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazildi.


 

Reyd davomida asosiy e’tibor: viloyatga kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan avtotransport vositalariga noqonuniy o‘rnatilgan va foydalanishda bo‘lgan REVlarni aniqlash hamda avtotransport vositalari tomonidan tarqatilayotgan industrial radioxalaqitlarni davlat standartlariga mosligi bo‘yicha nazorat-o‘lchov ishlarini o‘tkazishga qaratildi. O‘lchov ishlari O‘zDst 1186 standarti asosida olib borildi.

 

Shuningdek, “Toshsaqa” blok postida xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlariga Radioelektron vositalar va ularning turlari haqida Xorazm viloyati EMMX muhandisi A.Palyozov tomonidan batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.

 


 

Tayyorladi: Xorazm viloyati EMMX 2-toifali muhandisi A.J.Palyozov

Faylni tanlang