"EMMM" DUK yangiliklari

Navoiy viloyati EMMX xodimlari tomonidan industrial radioxalaqitlar manbai boʻlishi mumkin boʻlgan texnik vositalarning oʻlchov ishlari oʻtkazildi.

Industrial radioxalaqitlar tushunchasi “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida keltirilgan ta’rifga ko‘ra — radioto‘lqinlarni uzatish uchun mo‘ljallanmagan texnik vositalar tomonidan vujudga keladigan radiochastota spektri diapazonidagi elektromagnit tarqatishlardir. Jumladan, transport vositalarining elektr motorlari (elektrovozlar, tramvaylar, trolleybuslar va boshqalar) va maishiy texnika (changyutgichlar, polni silliqlash mashinalari, elektr qirgichlar va boshqalar), ichki yonish dvigatellari (avtomobillar, motosikllar va boshqalar), elektr uzatish liniyalari,  yuqori chastotali sanoat, tibbiy va ilmiy uskunalari industrial radioxalaqitlar manbalariga kiradi.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlat tomonidan tartibga solib borish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 499-son qarorining 3-ilovasi “Industrial radioxalaqitlardan radiochastota spektrini himoya qilish to‘g‘risida”gi Nizomga asosan 2023-yil iyun oyi uchun tuzilgan reja boʻyicha Navoiy viloyati elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan industrial radioxalaqitlar tarqatishi mumkin bo‘lgan manbalarning o‘lchov ishlari olib borildi. Dastlab, Navoiy viloyati IIB YHXB xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand viloyatidan Navoiy viloyati hududiga kiruvchi avtotransport vositalaridan chiquvchi industrial radioxalaqitlar amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti O‘ziyurar vositalar, motorli qayiqlar va ichki yonuv dvigatelli vositalardan kelib chiqadigan industrial radioxalaqitlarOʻz DSt 1186:2008 me’yorlariga muvofiqligi o‘lchandi.

Shuningdek, Navoiy viloyati hududidagi elektr uzatish liniyalarida va nimstansiyalarida o‘lchov ishlari olib borildi.

Olib borilgan tadbirlar natijasiga ko‘ra, o‘lchangan industrial radioxalaqitlar amaldagi xalqaro standarti “Elektr uzatish liniyalari va nimstansiyalardan tarqaladigan industrial radioxalaqitlar” GOST 22012-82 me’yorlariga muvofiqligi aniqlandi.

Tayyorladi: Navoiy viloyati EMMX 1-toifali muhandisi J.Omonov

Faylni tanlang