"EMMM" DUK yangiliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash bo‘yicha malaka oshirish kursida o‘qitilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2019-yil 9-sentabrdagi 754-son qaroriga asosan “Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi to‘g‘risida” nizomi tasdiqlangan. Ushbu nizom talablarini bajarish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlarining bilim va malakalarini oshirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan shartnoma asosida o‘quv kursi tashkillashtirildi. Mazkur 30 soatlik dastur bo‘yicha o‘quv kursi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazining katta o‘qituvchisi B.B.Mambetkarimov tomonidan olib borilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati

1-darajali radiooperatori Shimbergenov A.A.

 

Faylni tanlang