Soha yangiliklari

IT xizmatlar sifati va qamrovini oshirish bo‘yicha Prezidentimiz bergan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik va idoralar bilan birgalikda vazifalar belgilab olindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2022-yil 14-aprel kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar natijadorligi hamda sohada 2022-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan tarmoq va soha rahbarlariga qator topshiriqlar berildi. Yig‘ilishda belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov boshchiligida vazirlik, idora va hokimliklarning AKTga mas’ul o‘rinbosari ish faoliyatini hamda vazirlik va hududlar bilan 2022-2026-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqishda ustuvor vazifalarni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan videokonferensaloqa shaklida raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilish davomida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda sohaga yuklatilgan vazifalar hamda topshiriqlar yuzasidan raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlarga batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, vazirlik va idoralarda duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni shakllantirish hamda axborot xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha alohida ishlarni olib borish, tegishli axborot tizimlarini axborot xavfsizligi talablariga mosligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish lozimligini ta’kidladi.
Faylni tanlang