"EMMM" DUK yangiliklari

Samarqand viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasida hamkorlikda texnik o‘quv seminari tashkil etildi

Qonunni hurmat qilgan fuqaro hech qachon to‘g‘ri yo‘ldan adashmaydi, aksincha, qonunlarni mensimaslik, ularga rioya etmaslik oxir-oqibat qing‘irlikka olib borishi aniq. Bunday qing‘irliklar radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishda ham kuzatilmoqda. REV va YuChQlardan noqonuniy ravishda foydalanuvchilar, ya’ni qonunbuzarlar huquqni muhofaza qilish organlari, jumladan Samarqand viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi xodimlari tomonidan aniqlanib ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.

“Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2022-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasi”ning 2-bandida, Vazirlik va idoralarning Samarqand viloyat boshqarmalari bilan o‘quv seminarlari tashkil etish belgilangan.

Ushbu rejaning bajarilishini ta’minlash maqsadida, hamda hamkorlikda olib boriladigan ishlarni yanada mustahkamlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Аxborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha Davlat inspeksiyasining Samarqand viloyati hududiy inspeksiyasi hamda Samarqand viloyati EMMX xodimlari hamkorligida Samarqand viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi xodimlari uchun texnik o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda Samarqand viloyat IIB ATA va AHBning boshlig‘i podpolkovnik G‘.Sobirov va yetakchi mutaxassisi kapitan J.Baxriddinovlar, O‘zkomnazorat Davlat inspeksiyasi Samarqand hududiy inspeksiyasining inspektori A.Obloqulov hamda Samarqand viloyati EMMXning 1-toifali muhandisi A.Olmasov o‘zlarining ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Texnik o‘quv seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 801-sonli qarorining 5-ilovasi seminar ishtirokchilariga batafsil tushuntirib berildi. Shuningdek, bugungi kunda huquq-tartibot organlari tomonidan foydalanilib kelinayotgan zamonaviy REV va YuChQlarning ishlash tamoyillari, texnik parametrlari va foydalanish qoidalari to‘g‘risida atroflicha tushunchalar berildi.

Hamkorlikda tashkil etilgan ushbu texnik o‘quv seminari qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi.


 

Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX

1-toifali muhandisi A.A.Olmasov

Faylni tanlang