Soha yangiliklari

“UZINFOCOM” Yagona integratori mutaxassislari Farg‘onada yoshlar bilan uchrashdi

IT Park Fargʻona filialida “UZINFOCOM Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MCHJ vakillari ishtirokida yoshlar bilan ochiq suhbat boʻlib oʻtdi. Suhbat davomida 100 nafarga yaqin dasturchi yoshlar bilan viloyatda yangi dasturchilar jamoasini shakllantirish, zamonaviy yoʻnalishda yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha savol-javob suhbati boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Fargʻona viloyati yosh dasturchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻlaqonli javoblar oldilar. Bundan tashqari, dasturlashga endi kirib kelgan boshlangʻich dasturchilar ushbu jamoada oʻz bilim hamda koʻnikmalarini orttirib borishlari mumkinligi tushuntirildi.  
Faylni tanlang