2026-yil 19-iyun kuni Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati jamoasi hamda “O‘ZBEKISTON POCHTASI” AJ Andijon filiali jamoasi o‘rtasida do‘stona futbol uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur sport tadbiri sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoalar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xodimlarning jismoniy faolligini oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida har ikki jamoa futbolchilari yuqori sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar. Bahs qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tgan bo‘lsa-da, o‘yin do‘stlik, o‘zaro hurmat va sport etikasi ruhida tashkil etildi.

Bunday sport tadbirlari xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, jamoaviy ruhni mustahkamlash hamda tashkilotlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Kelgusida ham xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida shunday sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi E.R. Abduvaliyev