"EMMM" DUK yangiliklari

Sport tinchlik elchisi.

Shuni alohida aytish joizki, aholi salomatligini mustahkamlash, jismoniy sog‘lom yosh avlodni tarbiyalash, fuqarolarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlariga erishish eng katta yutuqlardan biridir.

Qolaversa, Prezidentimiz tomonidan yoshlarni sport bilan shug‘ullanishi uchun katta e’tibor berilmoqda– yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilayotgani keyingi yillarda ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazishga keng yoʻl ochmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati aloqa tashkilotlari o‘rtasida mini-futbol sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra jamoalar guruhlarga bo‘lingan holda chempiyonlik uchun kurash qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Musobaqada Surxondaryo viloyati EMMX xodimlari faol ishtirok etib faxrli 3-o‘rinni egalladi. Musobaqa so‘ngida barcha g‘olib va sovrindorlarga O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati

2-toifali tarmoq muhandisi Islamov J.

Faylni tanlang