Joriy yilning 5-aprel kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK xodimlari o‘rtasida “Shaxmat” va “Shashka” sport turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqa qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunday musobaqalar xodimlar o‘rtasida sog’lom raqobat, jamoaviy ruh va sportga bo‘lgan qiziqishni mustahkamlaydi.
G‘oliblarga “EMMM” DUK Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.