EMMM yangiliklari

Sport – sog‘lom muhit, sog‘lom jamoa!

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tashkilotda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan imkoniyatlar, shart sharoitlardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanib kelishmoqda. Xususan, xodimlarimiz ish vaqtidan bo‘sh paytlarda futbol, stol tennisi bilan muntazam shug‘ullanib o‘zlarining jismoniy faolligini va ruhiy tetikligini mustahkamlashga e’tibor qaratib kelishmoqda.

Bunday tadbirlar birinchi navbatda har bir xodimning jismonan chiniqishiga xizmat qiladi, qolaversa bunday uchrashuvlarda yosh avlodlar uchrashib muloqot qilishadi, o‘zaro bilim va tajriba almashadi hamda ularda jamoaviy ruhni qo‘llab quvvatlashga, yagona maqsad sari intilishga, birlashishga imkon paydo bo‘ladi. 

photo2026-06-2312-00-53.jpg

Shu kunlarda Amerika qit’asida bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlarida ilk marotaba ishtirok etayotgan va munosib ishtirok etib mamlakatimizni butun dunyoga tanitayotgan Milliy terma jamoamizga omad tilab qolamiz!

photo2026-06-2312-00-59.jpg

Futbol — shunchaki o‘yin emas, bu — ahillik, vatanparvarlik va bir jamoa bo‘lib harakat qilish san’atidir. Milliy terma jamoamizning maydondagi matonati bizni ham birdamlikka chorlaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX muhandisi  A.R.Matyakubov

Faylni tanlang