"EMMM" DUK yangiliklari

Sport – sog‘lom turmush garovi.

Yurtimizda aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Albatta, bunda Prezidentimizning 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni dasturilamal vazifasini o‘tamoqda.

 

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptiradi, turli kasalliklar, yoshlar o‘rtasida zararli odatlarning oldini oladi. Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Bu sohada erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi.

Surxondaryo viloyati EMMXda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida, xodimlarning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda, bu esa xodimlarning o‘z kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirishga yordam beradi. Yaratilgan imkonyatlardan foydalangan holda xodimlar doimiy sport bilan shug‘illanib kelmoqda. Buning natijasida korxonamiz xodimlari o‘z salomatligini yanada mustahkamlamoqda. Har bir inson bebaho boylik bo‘lmish sog‘ligini asrab avaylashi shart.

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati

2-toifali tarmoq muhandisi Islamov J.

Faylni tanlang