"EMMM" DUK yangiliklari

Sport – sogʻlik garovi

Buxoro viloyati EMMX xodimlarining sogʻligini tiklash maqsadida korxonada sport anjomlari foydalanishga topshirildi. Sport salomatlik garovi ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Shuning uchun korxonamizda sport bilan shugʻullanish ommaviy tus olmoqda. Sogʻlom turmush tarziga amal qilayotgan xodimlar soni kun sayin koʻpayib borayotgani hammani sportga boʻlgan qiziqishini orttirmoqda. Zamonaviy andozadagi sport anjomlarining foydalanishga topshirilishi sportga qiziquvchilar uchun ayni muddao boʻldi. Barcha xodimlarni sportga yanada qiziqtirish maqsadida korxona va soha xodimlari oʻrtasida musoboqalar tashkil etib kelinmoqda. Vazirlikning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi, Buxoro viloyati hududiy inspeksiyasi va Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati bitta binoda joylashganligi soha xodimlari uchun ham ushbu sport anjomlaridan foydalanishda keng imkoniyatlar yaratilganidan barcha mamnun.

 

Buxoro viloyati EMMX

1-toifali muhandisi R. Odilov

Faylni tanlang