"EMMM" DUK yangiliklari

Sport sog‘lik garovi

Sportning hayotimizda tutgan o‘rni beqiyosdir. U insonning ruhan va jismonan yetuk bo‘lishida katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizda sportni davlat darajasida rivojlantirishga e’tibor qaratilyotganligi bejizga emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 16-iyundagi PQ-5148-son Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 15-yanvardagi 23-son Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning 2022-yil 16-fevraldagi 40-son buyrug‘i qabul qilingan. Mazkur buyruq asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” bo‘yicha chora-tadbirlari rejasi tasdiqlandi.

 

Rejaga asosan ishchilar orasida sportning shaxmat, shashka turi bo‘yicha musobaqa tashkillashtirildi. Musobaqada xizmatimiz xodimlari faol ishtirok etishdi. G‘oliblik uchun da’vogarlar o‘rtasidagi bahs qizg‘in va murosasiz kechib, g‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

 

Bundan tashqari ishchi-xodimlar har kuni ish boshlanishidan oldin va kun davomida tanaffuslar paytida badantarbiya bilan shug‘ullanib kelishadi. Jismoniy mashq qilgan kishining xotirasi tiniqlashib, aqli va ko‘zi o‘tkirlashashishi, harakat-tayanch tizimi faoliyati yaxshilanishi hech kimga sir emas. Kun davomida 10-15 daqiqa badantarbiya mashqlari bilan shug‘ullanish xodim salomatligini yaxshilabgina qolmay, ish unumdorligini oshirishi ham oddiy haqiqat.

 

1-darajali radiooperator

Matyakubov A.

Faylni tanlang