Soha yangiliklari

Uzbekistan Esports Championship grand finali boshlandi

Toshkentda 332 mln so‘mlik sovrin jamg‘armasiga ega bo‘lgan Uzbekistan Esports Championship grand finaliga start berildi.

sliderUshbu turnir Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, IT-Park, O‘zbekiston kibersport assotsiatsiyasi, Kibersport federatsiyasi ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Musobaqa ishtirokchilari — kibersportchilar CS:GO, DOTA2, PUBG Mobile, FIFA, eFutbol kabi yo‘nalishlarda bellashadilar.

Turnir finalida Raqamli texnologilar vaziri Sherzod Shermatov ham ishtirok etib, ishtirokchilarga omad tiladi. Shuningdek, endilikda ushbu sport turiga ham jamiyatimiz kishilari tomonidan ijobiy qarashlar shakllanayotganini ham alohida e’tirof etdi.

Eslatib o‘tamiz, yurtimizda birinchi marotaba bo‘lib o‘tayotgan kibersport yo‘nalishi bo‘yicha “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionatining dastlabki bosqichida 2894 ta kibersportchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, Kibersportning 5 turi bo‘yicha jami 770 dan ziyod jamoalar shakllantirilgan edi.

 
 
Faylni tanlang