Soha yangiliklari

“Markaziy Osiyo davlatlarida innovatsiya, raqamli hukumat va elektron davlat xizmatlari” mavzusida xalqaro vebinar o‘z ishini boshladi

Joriy yil 3-avgust kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy ishlar departamenti, Qozog‘iston Respublikasi raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoati vazirligi hamda qozog‘istonlik “Zerde” milliy infokommunikatsiya holding kompaniyasi tashabbusi bilan “Markaziy Osiyo davlatlarida innovatsiya, raqamli hukumat va elektron davlat xizmatlari”ga bag‘ishlangan onlayn-vebinar o‘z ishini boshladi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ishtirok etib, O‘zbekistonda elektron hukumatni rivojlantirish borasida ko‘rilayotgan choralar haqida nutq so‘zladi.

Mazkur tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlarining AKT vazirliklari rahbarlari, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga mas’ul soha xodimlari, shuningdek, xalqaro ekspertlar va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Vebinar doirasida BMTning 2022-yilgi yangi tendensiyalari muhokama qilinishi barobarida Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida COVID-19 pandemiyasi sharoitida yuqori sifatli elektron xizmatlar ko‘rsatishning ahamiyati, global va mintaqaviy hamkorlik zarurati borasida fikrlar almashiladi.

 

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang