Soha yangiliklari

“Technovation Girls Uzbekistan 2026” yangi mavsumi start olmoqda

Joriy yilning 16-fevral kuni soat 14:00 da “Technovation Girls Uzbekistan’ning yangi mavsumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ochilish tadbiri bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning bir nechta shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

Ochilish manzillari:

Toshkent: Raqamli texnologiyalar vazirligi Manzil
Andijon: Digital City Manzil
Qarshi: IT Park Manzil
Namangan: IT Park Manzil
Nukus: Yoshlar markazi Manzil
Farg‘ona: Ahmad Farg‘oniy nomidagi Axborot-kutubxona markazi Manzil 

Ochilish tadbirida sizni nimalar kutmoqda?

- Ishtirokchilar va mentorlar uchun dastur va imkoniyatlar taqdimoti;
- Oldingi mavsum qatnashchilarining ishtiroki va yutuqlari;
- Netvorking va jamoalarni shakllantirish.

Kimlarni taklif qilamiz?

IT-loyiha yoki startap yaratmoqchi bo‘lgan 8–18 yoshdagi qizlarni;
talabalar, ota-onalar hamda IT, biznes va ta’lim sohasidagi mutaxassislarni.

Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting: Havola

“Technovation Girls Uzbekistan 2026”ga qo‘shiling va texnologiyalar hamda tadbirkorlik olamiga ilk qadamni qo‘ying! 

Faylni tanlang