"EMMM" DUK yangiliklari

Stol tennisi bo‘yicha xodimlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi

So‘nggi yillarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmoniga asosan barcha sohalarda ishchi-xodimlar orasida sport musobaqalarini tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ommaviy sportga keng jalb qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu qatorda, bizning korxonamizda ham sportga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, bugungi kunda xizmatimiz xodimlari orasida sportning mini-futbol, shaxmat, stol tennisi va suzish kabi turlari bo‘yicha musobaqalar doimiy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 14‑sentabr kuni “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari orasida 2023-yil davomida o‘tkaziladigan xaftalik sport tadbirlari” rejasiga muvofiq sportning stol tennisi turi bo‘yicha navbatdagi musobaqa o‘tkazildi. Musobaqa qizg‘in va qiziqarli tarzda o‘tdi. O‘yinlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining epchilligi va chaqqonligini namoyish qilishdi.

Muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan ushbu tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad har bir ishchi-xodimda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, shuningdek, jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX 1-darajali radiooperatori  Palimbetov A.B.

Faylni tanlang