26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan oylik doirasida Elektromagnit moslashuv markazida #STOPNARKO xeshtegi ostida “Biz narkotiklarga qarshi birlashamiz!” nomli chellenj tashkil etildi.

Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik vositalarining salbiy oqibatlari haqida xabardorlikni oshirish hamda jamiyatda ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iboratdir.

Chellenj davomida markaz xodimlari giyohvandlikka qarshi kurashish, yoshlarni zararli odatlardan asrash va sog‘lom hayot tamoyillarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan murojaatlari bilan faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilar bir ovozdan giyohvandlikka qarshi kurashishda har bir fuqaroning mas’uliyati muhim ekanligini ta’kidladilar.

Elektromagnit moslashuv markazi jamoasi sog‘lom va xavfsiz jamiyat barpo etish yo‘lida giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaydi hamda barchani ushbu illatga qarshi birlashishga chorlaydi.




