Soha yangiliklari

TATU Urganch filiali talabasi dzyudo bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi

Joriy yilning 2-5-dekabr kunlari Bayrut shahrida (Livan) dyuzdo sport turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo va Okeaniya chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabasi Irisxon Qurbonboeva muvaffaqiyatli ishtirok etib, 78 kg toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi va Osiyo chempioni bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi chempionni va uning murabbiyl-ustozlari, ota-onasi va barcha universitet jamoasini g‘alaba bilan samimiy tabriklaydi.  
Faylni tanlang