Soha yangiliklari

TIU talaba qizlari tanlovning shahar bosqichida gʻolib boʻldi

“Oʻzbekiston xotin-qizlarning 100 innovatsion fikrlari” tanlovining shahar bosqichi boʻlib oʻtdi. Toshkent shahridagi Inha universitetining talaba qizlari tanlovda oʻzlarining ijtimoiy muhim muammolarni hal etishga qaratilgan innovatsion loyihalari bilan faol ishtirok etdi.

Ekspert komissiyasi eng yaxshi ishtirokchilarni tanlab oldi, ular qatorida gʻolib boʻlgan hamda yakuniy respublika bosqichiga yoʻllanma olgan Inha universitetining qizlari ham bor.

Ushbu tanlov xotin-qizlarning innovatsion fikrlari, loyihalari va ishlanmalarini tadbiq etishga koʻmaklashish, fanlar, taʼlim, turli iqtisodiyot sohalarida hamda ijtimoiy hayotda ularning faoliyatini ragʻbatlantirish boʻyicha amaliy ishlar doirasida tashkil etildi.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang