Soha yangiliklari

O‘zbekiston talabalari “Seeds for the Future” ta’lim loyihasida ishtirok etish uchun Qatarga boradi

Bugun, 30-avgust kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida vazir Sherzod Shermatov “Seeds for the Future” ta’lim loyihasi ishtirokchilar bilan uchrashdi.

Loyihada ishtirok etish uchun ariza topshirish joriy yilning iyun oyida O‘zbekistonning 11 ta oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun boshlangan edi. Tanlov natijalariga ko‘ra 15 nafar talaba yakuniy suhbatdan eng yaxshi natijalar bilan o‘tdi.

Dastur ishtirokchilari: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti, Toshkent xalqaro ta’lim universiteti, Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining yuqori kurs talabalari, shuningdek, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari “Yangi O‘zbekiston” universiteti loyihaga ilk bor qo‘shildi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi koʻmagida Oʻzbekistonning 7 ta oliy oʻquv yurtidan 15 nafar talaba joriy yilning sentabr oyida Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoning 15 ta davlatidan loyiha ishtirokchilari bilan birgalikda IT yoʻnalishlarida tahsil olish uchun Qatarga boradi.

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov loyiha ishtirokchilarini Dohaga safari oldidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida ular bilan suhbatlashdi va yurtimizda IT sohasini rivojlantirishda va dunyoga tanitishda loyihaning maqsadi va vazifasi, kelajagi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. 

Ma’lumot uchun, “Seeds for the Future” - Huawei kompaniyasining global dasturi bo‘lib, korporativ ijtimoiy mas’uliyatni bajarish doirasida amalga oshiriladi. Ilk bor 2008-yilda Tailandda yo‘lga qo‘yilgan ushbu loyiha AKT sohasida mahalliy istе’dodlarni rivojlantirishga, ularning bilim va dunyoqarashini kеngaytirishga, istе’dodli yoshlar orasida tеlеkommunikatsiya tarmoqlariga bo‘lgan bilimni chuqurlashtirish va qiziqishlarini kеngaytirishga yo‘naltirilgan, u shuningdеk mintaqaviy o‘zaro aloqalarni va raqamli jamiyatdagi ishtirokni yanada yaxshilash va qo‘llab-quvvatlashga yordam bеradi. “Seeds for the Future” loyihasi O'zbekistonda 8 yildan beri amalga oshirib kelinmoqda.
Faylni tanlang