"EMMM" DUK yangiliklari

So‘z olamining sultonlari

Namangan viloyati EMMX jamoasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasiga asosan, shu yilning 6-fevral kuni “9-fevral Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda 14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatidan asosiy koʻzlangan maqsad Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijod yoʻli, yaratgan gʻazallari, ruboiylari,asarlari haqida ma’lumotlarni berish edi. Navoiy juda katta va boy lirik xazina yaratib qoldirdi. Bu lirik hazinaning asosiy 45 ming misraga yaqin oʻzbek tilidagi she’rlarni oʻz ichiga olgan. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy hazratlarining tavallud topgan kunlari arafasida yurtimizda gʻazalxonlik kechalari tashkil etiladi. Shu bois hazrat Navoiyning ushbu gʻazallarini quyidagi misralarini eslab oʻtish joiz deb bildim.

Men jahondin kechtim-u kechmas mening jonimdin el,

Men ilig jondin yudum, chekmas ilig qonimdin el.

Zahiriddin Muhammad Bobur oʻzbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi, “Buyuk Boburiylar sulolasi” asoschisi. Bobur oʻzbek tarixida tom ma’noda yirik shaxs. Uning tarixchi olim, zukko adib va dilbar shoir sifatida qoldirgan adabiy merosi bebahodir. Uning lirikasi - adabiyotdagi oʻziga xos lirika. Shubhasiz, she’riyatining asosiy mavzui Vatan, Vatan sogʻinchi boʻlgan. Bu mavzular Bobur gʻazallari, ruboiylarida keng yoritilgan. Xalqda uning “Topmadim” ruboiysi mashhur:

Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir,

Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir.

Yaxshi kishi koʻrmagʻay yomonlig hargiz

Har kimki yomon boʻlsa, jazo topqusidir.


 

Tayyorladi: Namangan viloyati EMMX radiooperatori O.Tursunov

 

 

Faylni tanlang