Sun’iy intellekt texnologiyalari bugungi kunda iqtisodiyot, ta’lim, tibbiyot, transport va biznes kabi ko‘plab sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Ushbu texnologiyalar katta hajmdagi ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish, jarayonlarni avtomatlashtirish va qaror qabul qilish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Sun’iy intellekt tizimlari ma’lumotlarni tahlil qilish, tabiiy tilni tushunish, tasvirlarni tanib olish va prognozlash kabi vazifalarni bajarishi bilan ahamiyatlidir. Ta’lim sohasida individual o‘quv dasturlarini yaratish, biznesda esa marketing tahlili va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirishda keng foydalanilmoqda. Tashkilotimiz tomonidan ham raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, xizmatlar samaradorligini oshirish va innovatsion yechimlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda ham suniy intellektni rivojlantirish bo‘yicha muhim qadamlar tashlanmoqda. “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida mazkur texnologiyalarni joriy etish, mutaxassislar tayyorlash va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, suniy intellektdan foydalanishda axborot xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va texnologiyalardan mas’uliyatli foydalanish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Sun’iy intellekt texnologiyalarini samarali va oqilona joriy etish raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish hamda aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
