"EMMM" DUK yangiliklari

Surxondaryo viloyati Angor tumani Ichki ishlar bo‘limida o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi

Joriy yilning 24-iyun kuni Surxondaryo  viloyati  EMMX xodimi tomonidan Surxondaryo viloyati Angor tumani Ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklar profilaktikasi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli Qarorining 5-ilovasi “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Nizomning ijrosini ta’minlash hamda hamkorlikda olib boriladigan ishlarni yanada mustahkamlash maqsadida o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

mmmm12000x900.jpeg

mmm22000x900.jpeg

O‘quv-seminarda Surxondaryo viloyati EMMX 2-toifali mahandisi Nabiyev Samadjon Safar o‘g‘li tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarorining 5-ilovasiga asosan, hamkorlikda ishlash tartibi, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish bo‘yicha respublikamizda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, nazorat qilish borasida hamkorlikdagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tushunchalar berildi.

O‘quv-seminar davomida Angor tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.

mmm32000x900.jpeg

mmmm42000x900.jpeg

Surxondaryo viloyati EMMX 2-toifali muhandisi Nabiyev S.S.

Faylni tanlang